Jismoniy va yuridik shaxslarga
Kredit tashkilotlari
Jismoniy va yuridik shaxslarning kredit tarixini olish tartibi

16.03.2026 yildan qiymati
|
№ |
Nomlanishi |
BHM dan narxi* (bazaviy hisoblash miqdori) |
|
1. |
InfoScore (Kredit axboroti subyektining skoring balli va to‘liq kredit tarixi ma'lumotlari aks etadi. Hisobotda identifikatsiya ma’lumotlari, ochiq va yopiq kredit shartnomalari, shartli majburiyatlar, kredit talablari, garov ta’minoti, qarz oluvchining ochiq va kechiktirilgan to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari, kredit axboroti subyekti bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov, so‘rovlar va obunalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham taqdim etiladi. |
0,04*(QQS bilan ) |
|
2. |
SMS-xabarnoma - kredit axboroti subyektining kredit tarixi ma'lumotini kredit byurosidan olinishini nazorat qilish imkonini beruvchi xizmat (xizmat faollashtirilgandan so'ng, kredit axboroti subyektining kredit tarixi olinganida bu haqida kredit axboroti subyektining mobil telefon raqamiga SMS xabarnoma kelib tushadi). |
- |
|
3. |
Freeze - kredit axboroti subyektiga o‘ziga tegishli kredit tarixi ma'lumotlarini kredit axborotidan foydalanuvchilar tomonidan (yangi kredit buyurtmalari bo‘yicha) kredit byurodan olinishini cheklab qo‘yish (o’zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga rozilik berishni rad etish) imkoniyatini beruvchi xizmat. |
0,03 (QQS siz) |
|
4. |
Kreditga taqiq - jismoniy shaxs o'zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirishining oldini olish xizmati.. |
- |
|
5. |
Ishonchli kafil - kafil bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan avval jismoniy shaxsning moliyaviy holati va to‘lov intizomini baholash xizmati. |
0,02 (QQS siz) |
|
6. |
Kimga kafilman - joriy kafillik majburiyatlarini aniqlash, ularni monitoring qilish va ular bilan bog‘liq moliyaviy xatarlarni baholash xizmati. |
0,005 (QQS siz) |
|
7. |
Muddati o‘tgan to‘lovlar - kredit tarixidagi asosiy qarz bo‘yicha kechikishlarning mavjudligi, muddatlari va holatini kuzatib borish imkonini beruvchi xizmat. |
0,01 (QQS siz) |
|
8. |
Kredit xabarnoma - kredit axboroti subyektlariga ularning nomiga yangi kredit shartnomasi rasmiylashtirilgan taqdirda zudlik bilan xabarnoma olish imkonini beruvchi xizmat. Xabarnomalar SMS-xabarlar, shuningdek «KATM» mobil ilovasida push-bildirishnomalar orqali yuboriladi. |
0,0112 (QQS bilan) |
|
9. |
Mening arizalarim - fuqarolarga 72 soat (3 kun) mobaynida ularning mavjud ochiq arizalari bo‘yicha o‘zgarishlarni kuzatib borish imkoniyatini beruvchi xizmat (ushbu xizmatdan birinchi marotaba foydalanish bepul). |
0,01 (QQS siz) |
|
* Yilida bir marta bepul taqdim etiladi Narxlar va tariflar "Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi" MCHJ ning Kuzatuv Kengashi tomonidan tasdiqlangan. | ||
SMS-xabarnoma
Subyektlarning kredit tarixini “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosidan olinishi, shuningdek, kredit tarixidan qonunda belgilanmagan maqsadlarda, jumladan subyektlarning roziligisiz foydalanilishi holatlari bo’yicha nazoratni kuchaytirish maqsadida, kredit tarixi olinganda kredit tarixi egasining mobil raqamiga “SMS-xabarnoma” (bepul) yuborish xizmati yo‘lga qo‘yildi.
“SMS-xabarnoma” xizmatini UCIN sayti orqali “SMS-xabarnoma” bo’limidan yoqish mumkin.

Аriza va kredit tarixini olish uchun na’munalar
Qo'shimcha

