• aboutKompaniya haqida
  • scoringKREDIT TARIXI VA SKORING
  • appealMUROJAATLAR BILAN ISHLASH
  • requisitesRekvizitlar
  • jobsBo’sh ish o’rinlar
  • complianceKomplaens
  • Biz haqimizda
  • Ta`sischilar
  • Jamoa

Tashkilot haqida

"Kredit-axborot tahliliy markazi" mas'uliyati cheklangan jamiyati O'zbekistonning birinchi va yagona kredit byurosi bo'lib, faoliyatining asosiy maqsadi qarz oluvchi va qarz beruvchi o'rtasidagi munosabatlarda shaffoflikni taminlash orqali tavakkalchilikni kamaytirish va xavfsiz biznes tashkil etishda ko‘maklashishdan iborat.

Kredit byuro faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

  • kredit axboroti sub'ektlari – jismoniy va yuridik shaxslarning kredit tarixi ma‘lumotlar bazasini shakllantirish;
  • kredit tarixi ma’lumotlarini foydalanuvchilarga va kredit sub’yektining o‘ziga taqdim etish xizmatini ko‘rsatish;
  • kredit axboroti sub'ektlarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish va ularning reyting tizimini shakllantirish;
  • kredit axboroti sub'ektlarining to'lov qobiliyati, kredit layoqati va to'lov intizomini baholashda yordam berish.

Kredit byuro tomonidan ishlab chiqilgan Avtomatlashtirilgan kredit axboroti almashinuvi tizimi Respublikaning barcha tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarini qamrab olgan. Xozirgi kunda (2023 yil 01 yanvar holatiga) kredit byuro ma’lumotlar bazasida 13,4 mln dan ziyod jismoniy shaxslar va 937  mingdan ziyod yuridik shaxslarning kredit tarixi ma’lumotlari mavjud.

Byuro tarixi

2000 yil  - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 6 iyuldagi 258-sonli Qarorida O'zbekiston Respublikasi Banklar Assotsiatsiyasi va tijorat banklarining taklifi bilan kredit axborot byurosi tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilindi, unda tijorat banklariga potensial qarz oluvchilarning kredit tarixlari to'g'risida ma'lumot berish uchun tizim yaratildi

2004 yil.  -   O'zbekiston banklari uyushmasining Kredit axborot byurosi sho''ba korxonasi yuridik shaxslar - Banklararo kredit byurosi huquqiga ega bo'lgan tashkilotga aylantirilib, O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi, "Asaka" bank, "O'zsanoatqurilishbank", "Paxta Bank", "Gallabank" va "Aloqabank" ning taklifi tasdiqlandi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 apreldagi 197-sonli qarori

2012 yil.  -  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 17 martdagi 74-sonli qarori O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va tijorat banklarining Banklararo kredit byurosi negizida ma'suliyati cheklangan jamiyatni tashkil etish to'g'risidagi taklifini ma'qulladi.

Bizning hamkorlarimiz

Qo'llab-quvvatlash xizmati